Yangiliklar

O'zbekiston – Qirg'iziston uchrashuvini germaniyalik hakamlar boshqaradi

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi jahon futbolida o'z o'rniga ega Germaniya futbol ittifoqi bilan yaqindan hamkorlikni yo'lga qo'yishni rejalashtiryapti.

Bilasiz, Germaniya dunyodagi futboli eng rivojlangan mamlakatlar sirasiga kiradi. Germaniya futboli o'z natijalari bilan har jabhada eng oldi o'rinlarni egallaydi.

Futbol infratuzilmalarini yaxshilash, bolalar futboli va yosh futbolchilarni tarbiyalash tizimini yo'lga qo'yish, futbol sohasida faoliyat olib boruvchi mutaxassislar malakasini oshirish, hakamlik va boshqa bir qator yo'nalishlarda Germaniya tajribasi o'rganiladi va ikki tashkilot bu borada yaqindan ish olib boradi.

O'zaro hamkorlikning ilk debochasi sifatida 9 noyabr kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston – Qirg'iziston o'rtoqlik uchrashuvini boshqarib borish uchun germaniyalik hakamlar guruhi taklif etildi. O'yin bosh hakami xalqaro maydonda bir qator uchrashuvlarni boshqarishga ulgurgan, Rossiya yashil maydonlarida o'tgan JCh-2018da VAR tizimi bo'yicha faoliyat olib borgan FIFA referisi – Bastian Dankert. Unga qanotlarda hamyurtlari Yan Zaydel va Rene Rode yordam berishadi. To'rtinchi hakam vazifasini o'zbekistonlik Ilgiz Tantashev bajaradi.

Qayd etish joiz, O'FA va GFI o'rtasida yo'lga qo'yilayotgan hamkorlik doirasida o'zbekistonlik futbol mutaxassislarining Germaniyada malaka oshirishi, Germaniya futboli tajribasini o'rganishi ham ko'zda tutilgan.

O'rtoqlik uchrashuvi

9 noyabr (shanba)

O'ZBEKISTON – QIRG'IZISTON

"Paxtakor" stadioni | 17:00

Bosh hakam: Bastian Dankert (Germaniya). 

Yordamchi hakamlar: Yan Zaydel (Germaniya), Rene Rode (Germaniya). 

Zaxira hakami: Ilgiz Tantashev (O'zbekiston).


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida