Yangiliklar

Sariq bola: “O'ynatishmasa, nega meni 45 mlnga sotib olishgan?”

Kevin de Bryuyne. Boshqa futbolchilardan farqli ravishda, belgiyalik futbol ham xorij OAV uchun ko'p ham mavzu bo'lavermaydi, ya'niki shov-shuvli mojarolar borasida. Biz esa e'tiboringizga uning hayoti va faoliyatiga oid qiziq ma'lumotlarni e'tiboringizga havola etishga qaror qildik.

Olimpiya o'yinlarining maxsus elchisi

Kevin de Bryuyne 2014 yilgi ruhiy nogironlar uchun o'tkazilgan Olimpiya o'yinlarining maxsus elchisi bo'lgan. Uning obrazida quyidagi reklama banneri o'rnatilgandi: “Agar men sizga o'xshasam, mening muxlisim bo'lasizmi?” Eng muhim jihati, ana shu bannerda Bryuyne Daun sindromiga chalingan bemor qiyofasida namoyon bo'lgandi.

Sevgisini Kurtuga “hadya qilgan”

Bryuynening “Chelsi”dagi karerasi ancha omadsiz kechgan. Agar Angliyada o'yin borasida omadsizlikka yo'liqsangiz, bu shaxsiy hayotingizga ham ta'sir qiladi.

De Bryuyne bilan ham shunday bo'lgan. Sobiq sevgilisi Karolina Liynenning aytishicha, futbolchi bilan munosabatlari buzilishiga Kevin sababchi. Qizning aytishicha, u Kevinga yana imkoniyat berishga, uni kutishga tayyor bo'lgan, ammo o'rtadagi munosabat yomonlashib boravergan. Oqibatda qiz shu paytga qadar unga dalda bo'lib turgan Tibo Kurtuaning yoniga ketgan.

“Nega meni sotib olishdi?”

Kogda Kevin de Bryuyne «Chelsi»ga o'tayotganida asosiy tarkibga kirish va doimiy barqaror o'ynash imkoniga ega bo'lishiga ishonardi. Ammo “maxsus” murabbiylarning “maxsus” ko'rsatmalari bo'ladi. Ehtimol, siz “Real” sardoridirsiz, ammo agar Jozega yoqmasangiz, tarkibdan tushib qolasiz.

Zaxiraga mixlangan pallalarida Kevin de Bryuyneni bir savol qiynardi: «Nega meni 8 mln eroga emas, 45 mln evroga sotib olishdi unda?». Futbolchi savollariga Mourinodan javob ololmagach, “Chelsi” bilan xayrlashdi.

Bollboylar bilan kelishmaydi

Belgiyalik futbolchilar negadir maydon chetida to'pni maydonga qaytarib beradigan bolakaylar bilan kelisha olishmaydi. Bunga Eden Azar va «Suonsi»lik bollboy o'rtasidagi mojaro misol bo'la oladi.

Kevin de Bryuyne ham to'p uzatib turuvchi bolakaylar bilan chiqisha olmaydi. “Volfsburg”da o'ynab yurgan kezlarida Frankfurtlik bollboylar bilan kelishmovchilikka sabab bo'lgan. Buning uchun Kevin 20 ming evro jarima ham to'lagan.

23 yoshida avtobiografik kitob

Hamma ham 23 yoshida kitob yozish haqida o'ylayvermaydi. Kevin esa bundan mustasno. U yoshligi, ingliz-belgiyalik oilasi, sobiq sevgilisi Karolina va boshqa mavzularni qamrab olgan kitob yozgan. Bu kitobning narxi 22 evroga teng.

 

 


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida