Yangiliklar

Oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lishga nomzodlar

Xabaringiz bor, O'zbekiston Professional futbol ligasi har oydan keyin to'rt yo'nalish bo'yicha eng yaxshilarni aniqlab kelmoqda: eng yaxshi murabbiy, eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi darvozabon va eng chiroyli gol. Tashkil etilgan so'rovnoma yakunlariga ko'ra eng ko'p ovoz to'play olgan nomzodlar tashkilotning eng yaxshilar uchun atalgan statuetkalarini qabul qilib olishyapti.

Joriy yildan e'tiboran Tribuna.uz nashri oy laureatlarini aniqlashda axborot hamkori sifatida ishtirok etadi. Artel savdo belgisi esa oyning eng yaxshilariga o'z smartfonlarini taqdim etadi.

Eng yaxshilarni aniqlash shartlari o'zgarmaydi. Coca Cola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko'rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o'rinda ko'rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o'rindagilar 2 va 1 ochkolik bo'ladi.

Shuningdek, Tribuna.uz nashri futbol muxlislari o'rtasida so'rovnoma o'tkazadi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo'lib, birinchi o'rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo'lga kiritadi. Yakunda eng ko'p ball to'plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e'tirof etiladi.

Ortda qolgan oktyabr oyida Superligada 3 ta tur uchrashuvlari o'tkazildi.  Mazkur uchrashuvlar davomida bir qator jamoalar mazmunli o'yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo'ldi.

Quyida oyning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar ro'yxati taqdim etiladi: 

 

Nomzod

Klub

Erishdi

Igor Sergeev

“Paxtakor”

3 ta o'yin, 5 ta gol

Shahzod Ubaydullaev

“Andijon”

3 ta o'yin, 3 ta gol

Erkin Baydullaev

AGMK

3 ta o'yin, 1 ta gol

Sardor Qulmatov

“So'g'diyona”

3 ta o'yin, 1 ta gol


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida