Yangiliklar

Mayka Richards: «Men Messini tanlayman. Ronalduni bir necha bor to'xtatganman»

"Manchester Siti" va Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Mayka Richards hujumchilar Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Kimni tarixdagi eng zo'ri deb hisoblaysiz?"

- Lionel Messini tanlayman. Shunchaki men Ronaldoga qarshi o'ynaganman va uni bir necha bor to'xtatganman.

- Bu oson bo'lganmi?

- Bu oson, deb aytmayman (kuladi). "Old Trafford"dagi o'yin edi va men unga qarshi yaxshi o'ynadim, ammo Messini to'xtata olmadim.

"Lionel bo'shliqdan foydalanadi. Siz uni ushladim deb o'ylaysiz va shunda u juda tez o'girilib oladi. Unga qarshi hech qanday harakat rejasi bo'lishi mumkin emas.
- To'pni olish bilanoq, unga qarshi qoida buzishga harakat qiling. Unga ritmga kirishiga yo'l qo'ymang. Uni to'xtatishning iloji yo'q.

"Ular [Messi va Ronaldu] barcha davrlarning eng kuchli ikki o'yinchisi, raqamlar barchasini aytib turibdi, lekin men Lionel Messiga qarshi o'ynash qiyinroq deb aytaman", dedi Richards.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida