Yangiliklar

Eldor Shomurodovni maqtagan rus sharhlovchisi baloga qoldi

Ayni damda hamyurtimiz Eldor Shomurodov Rossiyada chinakam shuhrat qozonyapti. Gollari bilan maydonda muxlislar e'tiborini o'ziga tortayotgan bo'lsa, maydondan tashqarida gazeta-jurnallar va televidenie orqali muxlislarni o'zi haqidagi fikrlarni eshitishga majbur qilmoqda.

“ShOMURODOV  — RUS HUJUMChILARIDAN HAM ZO'R”

Yaqinda rossiyalik taniqli sharhlovchi Gennadiy Orlov "Sport-Ekspress" nashriga intervyu berdi. Tabiiy suhbat davomida jurnalist “Rostov” hujumchisiEldor Shomurodov haqida savol berdi.

"Menga, masalan, Shomurodov juda yoqadi. Bilasizmi nima uchun? — dedi Orlov. — U o'zbek, lekin futbol borasidagi bilimi rossiyalik hujumchilarnikidan ham yaxshiroq”.

MUHOKAMA MARKAZIDA

Ayni shu fikr ko'plab noroziliklarga sabab bo'ldi. Orlovni millatchilikda, bir millat sha'nini erga urishda ayblashdi. “U butun bir xalqni haqorat qilganini biladimi?” deb yozdi foydalanuvchilardan biri.

Biz masalaning boshqa jihatiga to'xtalmoqchimiz. Eldor Shomurodov ayni damda Rossiyada keng muhokama qilinyapti. Xuddi bizning kanallarda tajribali xorijlik hujumchilar muhokama qilinganidek, Eldor ham Rossiyada muhim mavzulardan biriga aylangan.

SEVIMLI FUTBOLChILARI UChTA

Rus nashrlarining yozishicha, Eldor Shomurodovning sevimli futbolchilari uchta: bular Fernando Torres, Dide Drogba va “so'yloq” Ronaldo. Demakki, Eldor na Messiga muxlislik qiladi, na Ronalduga. Hartugul, rus manbalari bunday ma'lumotlarni osmondan olib yozishmas.

ASOSIY MAQSADI

Eldor Shomurodovning asosiy maqsadi borasida shak-shubha bo'lishi mumkin emas — bu O'zbekiston milliy terma jamoasi safida 2022 yili Qatarda bo'lib o'tadigan jahon chempionatida to'p tepish. Bu nafaqat Eldorning, balki millionlab muxlislarning orzusi.

Umid qilamizki, bugun rus nashrlari Eldor haqida yozayotgan bo'lsa, ertaga hamyurtimizning ism-familiyasini Ispaniyaning o'sha mashhur gazeta-jurnallarida ham o'qiymiz. Yo'q, biz bu bilan hamyurtimizni ko'klarga ko'tarib, zvezda aylantirib qo'ymoqchi emasmiz. Eldor hali katta yo'lning boshida turibdi. Faqat bu yog'iga har qanday to'siqni engib, olg'a intilsa bo'lgani. “Stadion.uz” o'quvchilaridan birining ta'biri bilan aytganda, “Gazini bos, Eldorjon!”

 


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida