Yangiliklar

Valeriy Karpin: "Himoyada ham, hujumda ham xatoga yo'l qo'ydik"

Rossiyaning "Rostov" klubi bosh murabbiyi Valeriy Karpin "Tambov" (1:2) jamoasiga uchralgan mag'lubiyatdan keyin jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- «Tambov»ga qarshi ikki uchrashuvda ham shogirdlaringiz bir xil stsenariy ostida mag'lub bo'ldi. Nima bo'ldi?

— Ha, haqiqatdan ham ikki uchrashuv bir xil bo'ldi. Bugun himoyada ham, hujumda ham xatolarga yo'l qo'ydik.

FIFA kunlaridan dam olish kunlari jamoa foydasiga ishlaydimi? «Rostov»da muammo borga o'hshamoqda.

— Bir yoki ikkita uchrashuv natijasiga qarab yaxshi yoki yomonlikni aytish noto'g'ri. «Krasnodar»ga qarshi uchrashuvda tayyor g'alabani qo'ldan chiqargan edik. Bugun birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik.

Bugungi natijadan keyin “Rostov” klubining muvaffaqiyatsizligini bugun maydonga tushmagan futbolchilarga bog'lasa bo'ladimi?

— Dunyodagi qaysi klubning o'yini etakchi o'yinchilariga bog'liq emas? Hatto «Barselona»ning ham o'yini Messiga bog'liq. Hatto, top klublarda ham jarohat olgan futbolchilarni o'rnini bosa oladigan yuqori saviyali zahira futbolchilari yo'q, ular bizda qaerdan bo'lishi kerak? Sigurdarsonni ikkinchi golni urganida hech kim jarohat yoki diskvalifikatsiya haqida o'ylamagan bo'lar edi.

— Normann qachon safga qaytadi?


— Bir necha kun oldin kasalxonadan chiqdi. Matias 5 kg og'irligini yo'qotdi, umid qilamanki, keyingi o'yingacha u safimizda bo'ladi. Qaytarib aytaman, birinchi bo'limda yaxshi o'yin namoyish etdik


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida