Yangiliklar

Van Deyk: "Liverpul" futbolchilarida "Siti" qarshi o'yindan oldin qo'rquv yo'q”

Angliyaning «Liverpul» klubi himoyachisi Virdjil van Deyk APLning 12-turida «Manchester Siti» klubiga qarshi bo'ladigan uchrashuvdan oldinga fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

— Mavsum boshidan beri endi 11 ta uchrashuv o'tkazildi. «Siti» — fantastik jamoa. Biroq, o'tgan mavsumda sovrin uchun kurash olib borganimizda bizda vahima yo'q edi. Hozir ham o'zimda qo'rquv sezmayapman. Maydonga chiqayotganingda qo'rqmasliging kerak. «Liverpul» futbolchilarida “Siti”ga qarshi o'yindan oldin qo'rquv yo'q.Ortga nazar tashlaydigan bo'lsak va o'tkazilgan o'yinlarimizni hisobga oladigan bo'lsak, istalgan raqibni mag'lub etishga qodirmiz. «Man Siti»ga qarshi uchrashuv biz uchun yaxshi sinov bo'ladi.Ular chempion, tarkibida etakchi futbolchilar bor, ajoyib murabbiy boshqaradi va o'zining o'yin uslubiga ega jamoa. Ularni mag'lub etish qiyin”, — dedi van Deyk Goal.com portaliga.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida