Yangiliklar

Tomas Tuxel: "Kavaniga tezlik etishmayapti"

Frantsiyaning PSJ klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Edinson Kavani va Mauro Ikardilarning hujum chizig'idagi raqobati haqida aytib o'tdi.

— Bunday o'yinlarda hujumchilarga o'ynash oson emas. Kavaniga tezlik etishmayapti. Ammo, u mavjud raqobatni engish uchun harakat qilmoqda. To'g'ri, hujumchining pozitsiya qiyin. Biroq, bizda bu vaziyatni to'g'rilashdan boshqa ilojimiz yo'q.Ba'zida omad siz tomondan bo'lganida va hamma narsani oson hal qilganingizda o'zingizni yaxshi his qilasiz. Ikardi hozir shunday vaziyatda. Menga rostdan ham ushbu g'alaba yoqdi. Men o'ziga bo'lgan ishonchni, tezlikni yo'qotgan futbolchilarni almashtirdim.Men Kavani, Drakslere va Kurzavalar haqida gapiryapman. Jamoani yaxshi holatda ushlab turish uchun o'zgarishlar kerak edi, — dedi Tuxel Canal+ telekanaliga bergan intervyusida.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida