Yangiliklar

Oliver Kan «Bavariya» rahbariyatiga yangi murabbiy izlamaslikni maslahat berdi

Myunxenning «Bavariya» klubi sobiq darvozaboni Oliver Kan jamoaga yangi murabbiy tanlashda shoshilmasligi kerakligini aytib o'tdi.

— Bu haqda bir qarorga kelish uchun juda jiddiy o'ylash kerak. Gap yangi tarixni ochadigan murabbiy haqida ketmoqda. O'z qaroringiz to'g'ri ekanligiga chuqur ishonch hosil qilmasdan bu muammoni hal qila olmaysiz. Taniqli nomlarga e'tibor bermaslik kerak. Biz “Bavariya”ga nima kerak ekanligini, qanday murabbiyga ehtiyoj sezayotgani haqida o'ylashimiz kerak, — dedi Kan.

Eslatib o'tamiz, «Ayntraxt» (1:5) klubiga qarshi qaqshatgich mag'lubiyatdan keyin Niko Kovach egallab turgan lavozimidan ozod qilinib, jamoaga Xans-Diter Flik vaqtincha bosh murabbiy etib tayinlangandi. Flik qo'l ostida “Bavariya” «Olimpiakos» va «Borussiya» klublarini mag'lubiyatga uchratishga erishdi.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida