Yangiliklar

Vadim Abramov: «Qisqa vaqt ichida barchasini tug'rila olmaymiz»

Xabaringiz bor, ertaga O'zbekiston terma jamoasi JCh-2022 saralash bosqichidan o'rin olgan O'zbekiston – Saudiya Arabistoni terma jamoalari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi. Bugun o'yin oldidan matbuot anjumani o'tkazildi. Anjumanning ilk qismida O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov va Odil Ahmedov qatnashib jurnalistlarning savollariga javob berib o'tdi.

Vadim Abramov: Muhim o'yin. Ayni damda biz guruhda birini o'rinda bu biz uchun qo'l keladi. Ertaga muxlislarmiz qarshisida g'alaba qozonishga harkat qilamiz.

Odil Ahmedov: Ertangi o'yin qiziqarli va muxlislar bop o'yin bo'ladi. O'ylagan rejalarimiz amalga oshsa, albatta g'alaba qozonamiz.

Vadim Abramov: Lutfulla To'raevning holati yaxshi. U tajribali futbolchi. Yosh futbolchilar uchun ko'p narsa o'rgata oladi. Uning tajribasi bizga yordam beradi.

Raqib murabbiyini muhokama qila olmayman. U haqida mendan emas saudiyalik jurnalistlardan so'raganingiz maqul. Lekin bilaman u tajribali murabbiy.

Qisqa vaqt ichida barchasini tug'rila olmaymiz. Hozir muammolarimiz haqida bilamiz. Lekin u haqida ayta olmaymiz. Ertaga o'yindan keyin buni muhokama qilamiz.

Raqibning o'yinlarini ko'rdim, lekin uning o'yin uslubini bilmayman. Balki, “Barselona” yoki “Real” uslubida o'ynar.

Sardor Rashidovni kuzatyapmiz. To'g'ri u ikkita gol urdi, lekin gol urayotgan hamma futbolchini taklif qila olmaymizku. Ayni damda uning pozitsiyasida o'ynaydigan futbolchi bor. Unga jamoasiga moslashish uchun vaqt kerak edi, shuning uchun uni bezovta qilmadik.

Odil Ahmedov:  Ertaga barchani stadionga taklif qilaman. Nasib qilsa ertaga g'alaba qozonamiz.

Markaziy himoyada o'zimni noqulay his qildimmi? Yo'q, bu pozizitsiyada birinchi marta o'ynamayapman. Avval ham markaziy himoyada o'ynaganman.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida