Yangiliklar

Keyn: «Hujumchi sifatida gollar kiritishni xohlayman»

Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn terma jamoadagi sermahsulligi haqida gapirib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, Kosovo terma jamoasiga qarshi o'yinda Keyin bitta golga mualliflik qildi. U saralash bosqichida 12 ta gol urib, to'purarga aylandi. Avvallari bunday natijani Djordj Xilsdon 1908 yili va Diksi Din 1927 yili qayd etishgan.

«Shubhasiz, hujumchi sifatida gollar urishni xohlayman. Men uchrashuvlarda g'alaba qozonishni yoqtiraman, shu bois bugun ham gol kiritganim yaxshi bo'ldi. Gol urishni yaxshi ko'raman barcha hujumchilar qatori. Umid qilamanki, keyingi yilning yozida ham shu ruhda davom etaman», - Keynning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda  UEFA matbuot xizmati.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida