Yangiliklar

«Andijon» nazorat uchrashuvida AGMKni engdi

AGMK navbatdagi nazorat uchrashuvida «Andijon» bilan bahs o'tkazdi.

Qibrayda kechgan o'yinning birinchi taymida AGMK jamosi ustunlikka erishdi hamda qator vaziyatlarga ega bo'ldi.

Birinchi bo'limning oxirgi daqiqasida o'ng qanotdan tashkil etilgan hujumni Zafar Polvonov samarali yakunladi. Mirg'iyoz Sulaymonovning jarima maydonchasiga oshirgan to'pini Polvonov boshi bilan darvozaga yo'lladi — 1:0.

Ikkinchi taymda ham qiziqarli o'tgan o'yinda har ikkala jamoa faol harakat qildi.

Tanaffusdan keyin AGMK asosiy tarkib futbolchilarini zaxiraga oldi. Bu esa ikkinchi bo'limda raqibga ustunlik o'tishini ta'minladi.

“Andijon” uchrashuvda muvozanatni tiklagan golni burchak zarbasidan keyin kiritdi. Bu vaziyatda Doniyor Ismoilov boshi bilan darvozani ishg'ol qildi — 1:1. O'yin tugashiga yaqin esa Doniyor Ismoilov yana ikki bor gol urib, yakunda “Andijon” g'alabasini ta'minladi.

18 noyabr, dushanba
Nazorat o'yini
AGMK — “Andijon” 1:3
Qibray stadioni.
Gollar: Zafar Polvonov (45) - Doniyor Ismoilov (74, 85, 90)

AGMK — Suhrob Sultonov (Akbar To'raev, 46) - Mirg'iyoz Sulaymonov (G'ulomHaydar Gulyamov, 60), Sardor Rahmonov, Igor Zonich (Shahzod Nurmatov, 60), Bobur Yo'ldoshev (Rasul Yo'ldoshev, 76), Saydullo Rahmatov (Sheroz Jalolov, 60) - Zohir Pirimov (Sardor Abdunabiev, 62), Erkin Baydullaev (Jasur Umarov, 46), Dilshod Jo'raev (Mirjamol Qosimov, 46), Elguja Grigalashvili (Murod Toshmatov, 46) - Zafar Polvonov (Jasur Hakimov, 60).

"Andijon": Akmal Ortiqov, Bobur Akbarov, Usmonali Ismonaliev, Xushnud Avilov, Abror Xusinov, Dilshod Rahmatullaev, Robbimjon Hasanov, Sardor Azimov, Qahramon Bahodirov, Ro'zimboy Ahmedov, Shahzodbek Ubaydullaev.

Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar: Vitaliy Mirniy, Ildar Mamatkazin, Jalil Kimsanov, Baxtiyor Qosimov, Farhod Mirahmatov, Abdulloh Olimov, Doniyor Ismoilov, Farhod Bekmuratovlar maydonga tushishdi.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida