Yangiliklar

Vadim Abramov: «Ayting, qaysi darvozabonni chaqiraylik?»

Vadim Abramov: «Ayting, qaysi darvozabonni chaqiraylik?»

Xabaringizbor, ertagaO'zbekistontermajamoasiJCh-2022 saralash bosqichidan o'rin olgan bahsda Falastin termasini qabul qiladi. Bugun o'yin oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi va termamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov hamda futbolchi Jaloliddin Masharipov ishtirok etdi.

Vadim Abramov: Ertaga bizni muhim o'yin kutyapti. Saudiyaga yutqazganimizdan so'ng guruhdagi vaziyat o'zgardi, ammo maqsadimiz o'zgarmadi.

O'z maydonimizda o'ynaymiz g'alaba qozonishimiz shart. Ertaga g'alaba qozonib, keyingi yil haqida o'ylashimiz kerak.

 Jaloliddin Masharipov: Ertangi o'yin muhim o'yinlarimizdan biri deb bemalol ayta olaman. Sababi birinchi o'yinimizda safarda mag'lub bo'lganmiz. Ertaga qanchalik muhim o'yin ekanligini futbolchilar tushunib turibdi. Saudiyaga qarshi o'yindan keyin muxlislarimiz oldida uyatli bo'lib qoldik. Ertaga g'alaba qozonib, ularni xursand qilamiz.

Abramov: Futbolchilarga mag'lubiyatni qabul qilish qiyin. Ertaga maydonga chiqib Saudiyaga qarshi o'yin tasodif tufayli yutqazganimizni isbotlashi kerak. Biz muxlislarimiz uchun o'ynaymiz.

Krimets shamollab qoldi va afsuski Falastin bilan o'yinni o'tkazib yuboradi. Uni Falastinga qarshi o'yinda maydonga tushirmoqchi edik. Raqib safida bo'ydor hujumchi bor. Endi buni o'ylab ko'ramiz.

Odil Ahmedov va darvozabon haqida...

Odil Ahmedovga kelsak o'z vaqtida Shatskixni ko'p tanqid qilishardi. Sababi terma jamoa yutqazsa eng birinchi etakchilar tanqid qilinadi. Masalan, Argentina yutqazsa Messini tanqid qilib tashlashadi. Eldorbek Suyunov ayni paytda terma jamoaning birinchi raqamli posboni. Kelinglar bu tsiklni tugatib olaylik. U hali darvozabonlar uchun yoshi ancha yosh. Darvozabonar menimcha, 30 yoshdan so'ng o'zining optimal formasiga kirib borishadi. Kimni taklif qilasiz? Botirali Ergashev? O'tkir Yusupov? Hozir ancha darvozabonlarni sanashingiz mumkin, keyingi safar boshqa darvozabonlarni chaqirsak yana boshqa 3-4 nafar futbolchini taklif qilasizlar..


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida