Yangiliklar

Falastin bosh murabbiyi: «O'zbekiston terma jamoasida murabbiy o'zgardi, ammo futbolchilar o'sha-o'sha»

Xabaringiz bor, ertaga O'zbekiston terma jamoasi JCh-2022 saralash bosqichidan o'rin olgan bahsda Falastin termasini qabul qiladi. Bugun o'yin oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Anjumanning ikkinchi qismida mehhmonlar ustozi Nureddin Uld Ali va hamda futbolchi Nazmiy ishtirok etdi.

Murabbiy: Ertangi o'yin ikki jamoa uchun ham muhim hisoblanadi. Ertaga ikki jamoa ham g'alaba qozonish uchun maydonga chiqadi. Ikki jamoaning ham maqsadi keyingi bosqichga chiqish.

Futbolchi: Ertaga g'alaba uchun maydonga chiqamiz. O'z o'yimizda O'zbekiston termasini mag'lub etgan bo'lsakda, ular kuchli jamoa hisoblanadi. Ularni qanday kuchga ega ekanligini yaxshi bilamiz.

Murabbiy: Ertaga O'zbekiston o'z maydonida o'ynaydi. Bu ularga ma'lum ustunlikni beradi. O'zbekiston terma jamoasida kuchli futbolchilar bor ekanligini yaxshi bilamiz. Bizni maqsadimiz 3 ochko olish. O'zbekiston terma jamoasida murabbiy o'zgardi, ammo futbolchilar o'sha-o'sha. O'yin uslubini o'rganish uchun qisqa vaqt talab etilmaydi.

Biz uchun asosiy savol? Ertaga markaziy himoyada kim o'ynaydi Ahmedov yoki Krimets? (zalda kulgi) Termangizda kuchli futbolchilar bor ularni yaxshi o'rganganmiz. Ayniqsa, Shomurodovning “Rostov”dagi o'yinlarini kuzatib boraman.

Ertaga ikki jamoa ham 3 ochko uchun harakat qiladi. Ob xavo bizga halaqit bermaydi deb umitdaman. Sababi biz O'Zbekistonga 3 kun avval tashrif buyurdik. Bu bizga muammo to'g'jira olmaydi.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida