Yangiliklar

«El-kassiko» olidan «Real»da yo'qotish

«Real» o'z rasmiy saytida Kolumbiya milliy jamoasi bazasida jarohat olgan Xames Rodrigesning tibbiy ko'rik natijalarini ma'lum qildi.

Tibbiy ko'rik natijalariga ko'ra, yarimhimoyachining chap tizzasida jarohat borligi aniqlangan. Futbolchining tiklanish muddati haqida ma'lumot berilmagan, ammo As'ning yozishicha, Xames 1,5 oyni o'tkazib yuborishi mumkin.  Shunday qilib futbolchi 18 dekabr kuni bo'lib o'tadigan «Barselona» bilan o'yinda qatnasha olmaydi. 

So'nggi marta yarimhimoyachi «Real» tarkibida 22 oktyabr kuni maydonga tushgan. U bu mavsumda La Ligada 7ta o'yin o'tkazib, 1ta gol urgan va 1ta golga assistentlik qilgan.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida