Yangiliklar

O'rtoqlik o'yini. Argentina - Urugvay o'yinida jangovar durang qayd etildi (videosharh)

Argentina va Urugvay terma jamoalari Tel-Avivdagi «Blumfild» stadionida o'rtoqlik o'yinini o'tkazishdi. Uchrashuvda jangovar durang qayd etildi.

Bahsning 34-daqiqasida urugvayliklar tomonidan uyushtirilgan chiroyli kombinatsiyani Edinson Kavani samarali yakunlab, hisobni ochdi.

Ikkinchi bo'limning 63-daqiqasida Messi tomonidan jarimadan etkazilgan uzatmani Serxio Aguero bosh bilan raqib darvozasiga burib yubordi va muvozanatni tikladi.

Oradan atigi 5 daqiqa o'tib, Luis Suares jarima zarbasi orqali ajoyib gol urishga muvaffaq bo'ldi. Ikkinchi taymga qo'shib berilgan daqiqalarda to'p Gonsalesning qo'liga tekkani bois hakam penalti belgiladi. Messi 11 metrli jarima zarbasini golga aylantirib, o'yindagi durangni ta'minladi.

O'rtoqlik o'yini
Argentina – Urugvay 2:2 (0:1, 2:1)
Gollar: 0:1 – 34 Kavani, 1:1 – 63 Aguero, 1:2 – 68 Suares, 2:2 – 90+2, penalti Messi.
Argentina – Andrada, Petstselya, Otamendi, Talyafiko, Saraviya, Paredes (Gonsales, 79), de Paul (Rodriges, 88), Akunya (Dominges, 68), Messi, Aguero, Dibala (Martines, 76).
Urugvay – Kampanya, Koates (Gonsales, 17), Vinya, Godin, Kaseres, Valverde (Bentankur, 75), Vesino, Losano (Rodriges, 88), Torreyra, Suares, Kavani (Laksalt, 56).
Ogohlantirishlar: Kavani (39), Paredes (40), Vesino (43), Godin (53), Gonsales (90).


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida