Yangiliklar

«Revansh vaqti keldi» – Davron Fayziev

Taniqli sharhlovchi — O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati rahbari Davron Fayziev O'zbekiston - Falastin o'yini arafasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yin kuni. Falastin jangovor jamoa. To'g'ri, daraja, maxorat, saviya jihatdan biz ulardan ustunmiz. Ammo bunga haddan tashqari ishonib yuborish mehmonda mag'lubiyatga olib keldi. O'shanda Ramallohda guvoh bo'lganmiz, Falastinda normal darajada futbol rivojlantirishga sharoit yo'q o'zi. Xalqaro standartda tabiiy maydon yo'q. Sun'iy qoplamali bitta yaxshi stadion bor, o'shani OFK tasdiqlagan. Bir tomondan to'g'ri qilingan, notinch vaziyatdan qiynalgan falastinliklar uchun har bir uy o'yini - bayram! Albatta bayram bo'ladida, Osiyo grandlari O'zbekiston, Saudiyalar kelib ochko tashlab ketyapti. O'sha yuqoridagi jangovorlikni maydon tashqarisida ham, tayyorgarlik jarayonida ham sezdik. Kuzatish imkoni bor edi, OFK talabiga javob beruvchi mehmonxona shaxarda bitta bo'lgani uchun raqiblar bilan bir joyda turganmiz. Falastinda kontsentratsiya, diqqat maksimal darajada, ntizom ham. Murabbiy raqibni yaxshi o'rganib chiqadi va mos taktika tanlay oladi. Kecha eshitgandirsiz bizning o'yinchilarni nomma-nom sanab o'tganini. O'zi shu Nuriddin Aliga o'shanda ancha xurmatim oshdi. Shogirdlari bilan ota-o'g'ildek munosabatda. Biz bilan o'yindan keyin matbuot-anjumanida birinchi savolga javob berayotganda yig'lab yuborgandi. Unga qo'shilib yana 1-2 falastinlik jurnalist ko'zi yoshlangan. Emotsional vaziyat bo'lgandi. O'zining va raqibning kuchiga to'g'ri baho bera oladi. Himoyada sabr bilan o'ynab, qarshi xujumga tez o'tadi. Bugunam shunday o'ynashsa kerak. O'zi Falastin favoritlar bilan ochiladigan “Robin-gud” jamoa, guruh liderlaridan ochko olib, qolganlarga ulashyapti. Bugun uddalay olmasa kerak. Bugungi kun bizga bag'ishlanishi kerak. Revansh vaqti keldi", -deb yozmoqda Fayziev o'zining telegramdagi kanalida


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida