Yangiliklar

“Yuve” sport direktori: “Ronaldu kelasi mavsum ham biz bilan birga bo'ladi”

Turinning “Yuventus” klubi sport diretkori Fabio Paratichi “Oltin to'p-2019” haqida fikr bildirdi.

"Bizning fikrimizcha, Krishtianu Ronaldu “Oltin to'pni” qo'lga kiritish uchun haqli edi. U kelasi yili ham bizning tarkibimizda bo'ladi, bu shubhasiz. Uning maqsadi – “Oltin to'pni” qaytarish, biz uni qo'llab-quvvatlaymiz va EChLda muvaffaqiyatli ishtirok etishini tilaymiz.Buffon – haqiqiy qahramon, uning sha'niga aytilgan tanqid bo'rtirilgan. U – dunyo futbolining dahosi va ajoyib inson.

Dibala 2024 yilgacha qoladimi? Biz u bilan bu borada gaplashmadik, biroq, u bizning "to'qqizligimiz" va yaqin vaqtlar ichida bu borada gaplashib olamiz", –Paratichining so'zlaridan iqtibos keltirmoqdajurnalist Djanluki Di Martsio.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida