Yangiliklar

«Oltin to'p»: Messi kichik farq bilan Virjil van Deykdan ustun keldi (+natijalar)

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi «Oltin to'p» uchun kurashda «Liverpul» himoyachisi Virjil van Deykni bor-yo'g'i 7 ballga ortda qoldirgani ma'lum bo'ldi.

So'rov yakunlariga ko'ra kataloniyaliklar sardori 686 ball to'plagan bo'lsa, Virjil 679 ochko jamg'argan.

Qiziq tomoni, so'rovnomada ishtirok etganlarning 61 nafari argentinalik futbolchini 1-o'ringa qo'ygan bo'lsa, 69 nafar jurnalist gollandiyalik futbolchini 1-pog'onada ko'rsatgan. Ammo Messi 2 va 3-o'rinlarda ko'proq ko'rsatilgani hisobiga yakunda g'alabani ilib ketgan.

So'rovnoma natijalari (top-10):

1. Lionel Messi (Argentina, «Barselona») – 686 ball
2. Virjil van Deyk (Niderlandy, «Liverpul») – 679
3. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, «Yuventus») – 476
4. Sadio Mane (Senegal, «Liverpul») – 347
5. Muhammad Saloh (Misr, «Liverpul») – 176
6. Kilian Mbappe (Frantsiya, «Pari Sen-Jermen») – 89
7. Alison Bekker (Braziliya, «Liverpul») – 67
8. Robert Levandovski (Polsha, «Bavariya») – 44
9. Bernardu Silva (Portugaliya, «Manchester Siti») – 41
10. Riyod Mahrez (Jazoir, «Manchester Siti») – 33.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida