Yangiliklar

Mourino: «Manchester Yunayted» — men uchun yopilgan sahifa»

"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya chempionatining 15-turi doirasida bo'ladigan "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Manchester Yunayted" — men uchun yopilgan sahifa. Men jamoani tark etdim va bo'lib o'tgan ishlarni tahlil qilish uchun tanaffus qildim. Navbatdagi sinovga tayyorgarlik ko'rish uchun bu vaqt menga kerak edi.

Ochig'ini aytsam, "Yunayted" mening esdaliklarimda qoldi, bu tariximning bir qismi. Endi esa raqib sifatida ularning o'yinini tahlil qilyapman: qanday qilib ularni mag'lub etish mumkin? Ular bizni qanday mag'lub etishi mumkin? Hozir men uchun muhim.

"Manchester Yunayted" muxlislari bilan munosabatim yaxshi. Ertaga "Old Trafford"ga "MYu"ni mag'lub etishga harakat qiladigan murabbiy sifatida qaytaman. Endi "MYu" ishqibozlarining istagi bilan mening xohishlarim turlicha. Albatta, o'yin paytida bularning barchasini unutib turishga harakat qilaman", – dedi Mourino.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" - "Tottenxem" o'yini 4 dekabrdan 5 dekabrga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan 00:30da boshlanadi.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida