Yangiliklar

Liga kubogi finali prevyusi. «Paxtakor» - AGMK

"Paxtakor" mavsumni trebl bilan yakunlash maqsadida yana bir finalda maydonga tushadi.

4 dekabr kuni birinchi marta o'tkazilgan O'zbekiston Liga Kubogining hal qiluvchi bahsi bo'lib o'tadi. Unda O'zbekiston Kubogi finalida bo'lgani kabi "Paxtakor" va AGMK jamoalari bahs olib borishadi. 26 oktyabrda o'tgan finalda "Sherlar" 3:0 hisobida zafar quchishgandi. Endi boshqa bir finalda g'alaba qozonib, mavsumni uch sovrin bilan tugatishga jamoamiz urinib ko'radi.

Ushbu musobaqada jamoalar ilgari to'qnash kelishmagan. Ularning finalga qadar o'yinlarda qayd etgan natijalari bilan tanishib olishingiz mumkin.

"Paxtakor"ning finalgacha bosib o'tgan yo'li:

1-tur
"Paxtakor" – "Qo'qon-1912" - 0:4
Gollar: Milich 24, Usmonov 43, Xolmuhammedov 45, Berdiev 90 0:4.

2-tur
"Buxoro" - "Paxtakor" - 1:2
Gollar: Sidorov 89 - Iminov 42, Sergeev 71.

3-tur
"Paxtakor" - "Lokomotiv" - 2:1
Gollar: Sobirxo'jaev 18, Sergeev 75 - Omonov 66.

Chorak final
"Paxtakor" - "Sho'rtan" - 3:0
Gollar: A'zamov 50, Hamdamov 65, 90+3.

Yarim final
"Qo'qon-1912" - "Paxtakor" - 2:4
Gollar: Berdiev 7-pen, Erkinov 80 - Cheran 5, Hamrobekov 45+2, Sergeev 59, Hamdamov 79.

AGMKning finalgacha bosib o'tgan yo'li:

1-tur
AGMK - "Qizilqum" - 4:0
Gollar: Qosimov 51, 67, Nurmatov 82, Norbekov 89.

2-tur
AGMK - "Metallurg" - 1:1
Gollar: Hakimov 72 - Andreev 90+2.

3-tur
AGMK - "Bunyodkor" - 4:3
Gollar: Yo'ldoshev 7, Qosimov 20, Polvonov 55, Shixov 75 - Rixsiboev 27, G'iyosov 71-pen, Mirahmadov 72.

Chorak final
AGMK - "Metallurg" - 1:0
Gol: Polvonov 37.

Yarim final
AGMK - "Dinamo" - 3:0
Gollar: Hakimov 6, J .Umarov 83, 85.

"Paxtakor" va AGMK jamoalari o'rtasidagi Liga Kubogi final o'yini 4 dekabr, chorshanba kuni soat 16:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida