Yangiliklar

«Paxtakor» akademiyasi uchun yangi maydonlar foydalanishga topshirildi

«Paxtakor» klubiga qarashli "Chilonzor" stadioni hududida ikkita yangi sun'iy qoplamali maydoni foydalanishga topshirildi.

Akademiya tarbiyalanuvchilariga qulay sharoit yaratish maqsadida klub rahbariyati "Chilonzor" stadioni hududida ikkita sun'iy qoplamali maydon qurib bitirdi. Ulardan biri ming nafar muxlisni sig'diradigan tribunaga ham ega.

Ochilish marosimida klub bosh direktori Dmitriy Adisman, bosh murabbiy Shota Arveladze va murabbiylar shtabi, klub va akademiya rahbariyati ishtirok etdi. Dmitriy Adisman klub rahbariyati hamisha yosh futbolchilar va akademiya tarbiyalanuvchilariga katta e'tibor qaratishini ta'kidlab, ushbu maydonlar yosh o'yinchilarni yanada ko'proq mashq qilishga chorlab, klub va o'zbek futboli ravnaqi yo'lida foyda keltirishini aytib o'tdi.

O'FA "Faxriylar kengashi" raisi Narimon Jalolov ushbu voqea bilan yosh futbolchilarni tabriklab, ularga kelajakda omad tiladi. Shundan so'ng maydon ochildi va unda birinchi o'yin "Paxtakor" futbol klubi sovrini uchun akademiyaning 2007 va 2008 yillarda tug'ilgan futbolchilar jamoalari o'rtasida bo'lib o'tdi.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida