Yangiliklar

Toshkentda klublar salohiyatini oshirish mavzusida FIFA seminari bo'lib o'tdi

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining Osiyo futbol konfederatsiyasi va FIFA bilan aloqalari yanada rivojlanib, tobora yangi bosqichga ko'tarilib bormoqda.

Natijada jahonning tajribali mutaxassislari tomonidan yurtimizdagi futbol sohasi vakillarining malaka va mahoratini oshirish bo'yicha qator seminar va uchrashuvlar muntazam ravishda tashkil etilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 2 va 3 dekabr kunlari O'FA binosida Klublar salohiyatini oshirish mavzusida FIFA seminari bo'lib o'tdi. Superliga klublari rahbarlari, moliya va marketing, muxlislar bilan ishlash bo'limlari vakillari, shuningdek, hududiy futbol akademiyalari direktorlari hamda hududiy futbol assotsiatsiyalari vitse-prezidentlari ishtirok etgan seminar davomida mahalliy mutaxassislar FIFAning tajribali konsultantlari ma'ruzalarini tinglab, o'z sohalaridagi so'nggi innovatsiya va yangiliklardan boxabar bo'lish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

FIFAning hududiy rivojlanish masalalari bo'yicha menejeri Essam Al-Suhibani, hududiy rivojlanish masalalari bo'yicha loyihalar koordinatori Andrey Vashkevich, FIFA konsultantlari – Benjamin Tan, Charli Boshamp kabi ma'ruzachilar zamonaviy futbol tuzilmalari, klublar, ularning faoliyatini to'g'ri tashkil etishda e'tibor qaratish lozim bo'lgan muhim jihatlar, klublarda faoliyat olib boruvchi kadrlarning ko'nikma va mahoratini oshirish, katta darajadagi futbol uchrashuvlarini o'tkazish, media-marketing sohalarining faolligini ta'minlash, ayniqsa homiylar va muxlislar bilan ishlash, stadionlarga imkon qadar ko'proq muxlis jalb etishdagi nozik jihatlar hamda jahon miqiyosida muvaffaqiyatga erishgan etakchi futbol klublari tajribalari bo'yicha o'z bilim va mahoratlarini o'rtoqlashishdi.

Qiziqarli suhbat hamda ochiq muloqot tarzida kechgan seminar davomida jahon tajribasini tatbiq etishda mahalliy shart-sharoit va mavjud resurslardan unumli foydalangan holda yuqori natijalarga erishish, muxlislar hayotiga yanada chuqurroq kirib borish, ularning klubga daxldorligini va klub faoliyatida ko'proq ishtirok etishini ta'minlash bo'yicha o'zaro fikr-mulohazalar almashildi. Klublarimizning o'z brendini yaratishda marketing sohasi vakillarining faolligini yanada oshirish, imkon qadar muxlislarga ko'proq ma'qul bo'ladigan loyiha va dasturlarni tashkil etish muhim ekani bo'yicha tavsiyalar berildi.

Samarali tarzda o'tgan seminar yakunlariga ko'ra ishtirokchilar yangi bilim va ko'nikmalaridan kelasi mavsumda keng foydalanishlarini bildirishdi.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida