Yangiliklar

Ispaniyada Messining jamg'armasiga qarshi jinoiy ish ochildi

Sudya Mariya Tardon «Barselona» hujumchisi Lionel Messiga tegishli jamg'armaga nisbatan jinoiy ish ochdi.

Mazkur ish doirasida ushbu jamg'armada 2012-2015 yillarda ishlagan argentinalik Federiko Rettori so'roq qilindi. Rettori Messini, uning otasi, akasi va futbolchining atrofidagi boshqa shaxslarni pul yuvish, firibgarlik va boshqa jinoyatlarda ayblamoqda.

Uning ma'lumot berishicha, fondning mablag'lari ijtimoiy maqsadlar uchun emas, boshqa shaxsiy ehtiyojlar uchun sarflangan. Guvohning ta'kidlashicha, Messi jamg'armasi soliqlardan qochish maqsadida xorijdagi homiylar bilan shartnomada go'yoki xayriya maqsadlar uchun pul sarflanayotgandek ko'rsatgan. Jamg'arma so'nggi yillarda 10 million evro mablag' qabul qilgan.

Bir yil avval argentinalik prokuror Pablo Turano xuddi shunday ayblovni Messi va uning otasi Xorxega nisbatan ilgari surgan edi. Ammo isbot yo'qligi uchun bu ish yopilgan edi.

2017 yilda Barselona sudi Messini soliq to'lashdan bosh tortgani 21 oy qamoq jazosiga hukm qilgan edi. Ammo futbolchi katta miqdorda jarima bilan qamoqdan qutilib qolgan edi.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida