Yangiliklar

«Bunyodkor» legionerlar bilan xayrlashdi

Barchaga ma'lumki, yakunlangan mavsumning ikkinchi qismida «Bunyodkor» o'z safini ikki nafar legioner bilan to'ldirgan edi.

Yarim mavsum davomida «Bunyodkor» sharafini himoya qilgan ukrainalik Evgeniy Chumak hamda rossiyalik Dmitriy Ostrovskiy «qaldirg'ochlar»ni tark etdi. Klub rahbariyati legionerlar bilan uchrashdi. O'zaro suhbatdan so'ng futbolchilar jamoa bilan do'stona kayfiyatda xayrlashdi. Aytish kerak, «Bunyodkor» har ikkala legionerga ham shartnomada ko'rsatilgan oylik-maoshlarni to'lab berdi. Ya'ni, klubning futbolchilar oldida qarzi yo'q.

Evgeniy Chumak: - Ochig'i, shunday sharoitga ega klubda to'p surganimdan xursandman. Akademiya, maydonlar, asosiy stadion – to'g'risi, ilk bor ko'rganimda shok holatiga tushgan edim. «Bunyodkor»ni Chempionlar Ligasining saralash bosqichiga yo'l olgani bilan tabriklayman! Jamoa guruh bosqichiga chiqishi tilakdoshiman! 

Dmitriy Ostrovskiy: - Avvalo klubda ishlayotgan barchaga o'z minnatdorchiligimni bildiraman, xususan murabbiylar shtabiga. Ular bilan yaxshi davrlarni o'tkazdim. «Bunyodkor»da murabbiylardan tortib, shifokoru, uqalovchilargacha hamma o'zining ishini ustasi ekan. Shuning uchun bu erda o'tkazgan vaqtimga achinmayman. Rahbariyat oylik-maoshlarimizni berib, biz bilan hisob-kitob qildi.  


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida