Yangiliklar

Bugun «Paxtakor» - AGMK o'yinida VAR tizimi sinovdan o'tkaziladi

Bugun O'zbekistonda 2019 yilning eng oxirgi katta o'yini bo'ladi. "Paxtakor" - AGMK.  Liga kubogi finali. Havo yaxshi bo'lishi kutilyapti. Chiptalar bepul beriladi. Soat 16:00da vaqtingiz bo'lsa, "Paxtakor" stadioniga kirib o'ting. O'sha erda nasib qilsa ko'rishamiz.

Yana bir narsa, VAR masalasida savollar bo'ldi. Ha, ertaga birinchi bor ishga tushiriladi. Lekin oflayn rejimda, ya'ni tekshirib olish uchun. Efirga ketmasa kerak. Sinaladi. Keyingi mavsum mobaynida VAR bo'yicha guruh tuzilib, ular 9 oycha o'qitiladi. Ana undan so'ng 2021 yilda to'liq ishga tushirilishi mo'ljallangan, Xudo xohlasa. Bu haqda Davron Fayziev telegramdagi kanali orqali xabar tarqatdi.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida