Yangiliklar

«Sport» kanali texnik guruhi VAR tizimiga moslashtiriladi

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi va O'zbekiston MTRK “Sport” teleradiokanali hamkorlikda o'zbek futbolida KATTA yangilikka qo'l urish arafasida!

«O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida»gi prezident qarori loyihasida 2021 yildan futbol bo'yicha O'zbekiston chempionatida videotakrorlardan foydalanishni yo'lga qo'yish ko'zda tutilgan.

Hujjatda qayd etilishicha, xalqaro tajribadan kelib chiqib, Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi talablariga muvofiq 2021 yilgi futbol mavsumidan boshlab Superliga jamoalari o'rtasidagi uchrashuvlarda adolat va shaffoflikni ta'minlash maqsadida VAR (Video Assistant Referee, video yordamchi hakam) tizimini joriy etish masalasi ham kiritilgan.

Qaysidir sohada biror yangilikni amaliyotga joriy etish uchun ma'lum vaqt, malakali kadrlar va tajriba talab etiladi. Buni yaxshi anglagan O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi va O'zbekiston MTRK “Sport” teleradiokanali hamkorlikda amaliy ishlarni boshlab yubordi. Ertaga, 4 dekabr kuni Paxtakor" va AGMK klublari o'rtasida O'zbekiston Liga kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

"Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadigan uchrashuvda O'zbekiston futboli tarixida ilk bor VAR tizimi sinovdan o'tkaziladi. Jarayonda O'zbekiston MTRK “Sport” teleradiokanali texnik va ijodiy guruhi O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi mutaxassislari bilan hamkorlikda ish olib boradi. Bundan asosiy maqsad, futbol uchrashuvlarida adolat va shaffoflikni ta'minlashdir. O'zbekiston MTRK “Sport” teleradiokanali jamoasi o'zbek futboli rivoji yo'lida ish olib borishga doim tayyor!


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida