Yangiliklar

Dibala yaqin vaqtlar ichida shartnomani uzaytiradi

Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Paulo Dibala yaqin vaqtlar ichida jamoa bilan shartnomasini uzaytiradi deya xabar tarqatmoqda Football Italia portali.

Manbaning yozishicha, "Keksa sinora" argentinalik futbolchi bilan 2024 yilgacha shartnomani uzaytirmoqchi. Aytilishicha, yangi shartnomada Dibalaning yillik maoshi 9 million evro qilib belgilanadi.

26 yoshli futbolchining “Yuve” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan.

Avvalroq, Dibalaga "Manchester Yunayted", "Tottenxem" va "Pari Sen-Jermen" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar yangragan edi.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida