Yangiliklar

«Paxtakor» «trebl»ga erishdi

Ushbu mavsumda O'zbekistondagi barcha sovrinlarni «Paxtakor» klubi qo'lga kiritdi. Mavsumga yakunlab bergan O'zbekiston Liga kubogining finalida Arveladze shogirdlari AGMK jamoasiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Toshkentliklar uchrashuv hujumkor boshlab, tezkor gol urishga muvaffaq bo'lishdi: Sergeevning zarbasini olmaliqliklar qaytara olmadi. Taym so'ngida Dragan Cheran hisobdagi farqni ikkitaga oshirdi.

Ikkinchi bo'limda Doston Hamdamov ikkita gol urgan bo'lsa, Cheran ham o'zining ikkinchi to'pini kiritdi. Hojiakbar Alijonov "Paxtakor"ning oltinchi golini urishga muvaffaq bo'ldi.

Mirjalol Qosimov shogirdlari esa ikkinchi taymda raqib darvozasi tomon ikki marta yo'l topdi.

Shu tariqa, "Paxtakor" O'zbekiston chempionligi va O'zbekiston kubogidan keyin o'z hisobiga Liga kubogi sovrinini ham qo'shib qo'ydi.

Liga Kubogi, final
4 dekabr, chorshanba
AGMK — "Paxtakor" - 2:6 (0:2)
Gollar: Jasur Umarov (64), Murod Toshmatov (86) — Igor Sergeev (5), Dragan Cheran (42, 67), Doston Hamdamov (50, 55), Hojiakbar Alijonov (78)
AGMK (5-4-1) — 32.Suhrob Sultonov - 23.Akmal Shorahmedov, 88.Igor Zonich, 33.Sardor Rahmonov, 44.Bobur Yo'ldoshev, 20.Mirg'iyoz Sulaymonov - 11.Zohir Pirimov, 3.Erkin Baydullaev, 30.Jasur Umarov - 7.Elguja Grigalashvili - 9.Zafar Polvonov.
Zaxira: 12.Roman Abdulov, 4.Mirjamol Qosimov, 5.Dilshod Jo'raev, 8.San'at Shixov, 15.Jasur Hakimov, 17.Murod Toshmatov, 18.Rasul Yo'ldoshev, 77.Vladislav Kasminin, 99.Shahzod Nurmatov.
"Paxtakor" (4-2-3-1) — 35.Sanjar Quvvatov - 3.Xojiakbar Alijonov, 23.Sherzod A'zamov, 15.Egor Krimets, 34.Farruh Sayfiev - Humoyunmirzo Iminov, 27.Sardor Sobirxo'jaev - 17.Doston Hamdamov, 10.Dragan Cheran, 9.Jaloliddin Masharipov - 11.Igor Sergeev.
Zaxira: 25.Eldorbek Suyunov,  5.Alisher Salimov, 13.Ruslan Roziev, 19.Shohruh Mahmudhojiev, 21.Marat Bikmaev, 29.Vladimir Kozak, 43.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 55.Marko Simich, 77.Husniddin G'ofurov.
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Husniddin Shodmonov, Aleksandr Burov, Elyor Tursunov
Nazoratchi: Bobur Haydarov.
Toshkent shahri, "Paxtakor" stadioni.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida