Yangiliklar

Temur Kapadze O'zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Xabaringiz bor, noyabr oyida o'tkazilgan U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari doirasidagi Saudiya Arabistoni – O'zbekiston yoshlar terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv OFKning Tartib-intizom va odob-ahloq qo'mitasi tomonidan o'rganib chiqilgach, qit'a futbol konfederatsiyasi O'FAga shikoyat maktubi yo'llab, uchrashuv davomida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiylari o'zini noprofessional tarzda tutganliklari va bo'lajak musobaqa uchrashuvlaridan diskvalifikatsiya qilinishi mumkinligini ma'lum etgandi.

Ushbu noxush holat videotafsilotlari O'FAga kelib tushgach Ijroqo'm O'zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi Otabek G'ulomxo'jaev rahbarligidagi murabbiylar shtabini egallab turgan lavozimidan ozod etish bo'yicha qaror chiqargan edi.

Endilikda O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga murabbiylik sohasida o'z mahoratini oshirib kelayotgan yaqin o'tmishning etuk futbolchilaridan biri – Temur Kapadze ustozlik qiladi. Temur Kapadze O'zbekiston U-19 terma jamoasini kelasi yilning 14–31 oktyabr kunlari Toshkentda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati final bosqichiga tayyorlaydi.

Yoshlarimizning ushbu chempionatgacha bo'lgan tayyorgarlik rejasi ishlab chiqildi. Unga ko'ra U-19 termasi tayyorgarlik jarayoni sanasi O'zbekiston milliy terma jamoasining FIFA kunlari doirasidagi taqvimi bilan bir vaqtga to'g'ri kelmaydi. Shu sababli, Temur Kapadze milliy jamoada ham bosh murabbiy yordamchisi sifatidagi faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega bo'ladi.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida