Yangiliklar

O'zbekistonlik sportchilarni qaysi xorijlik murabbiylar Tokio Olimpiadasiga tayyorlayotganini bilasizmi?

O'zbekiston sportchilarni yaqinlashib kelayotgan Tokio Olimpiadasiga tayyorlash bo'yicha O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda qator qo'shma loyihalarni amalga oshirmoqda. Sportchilarimizning yuqori natijalar qayd etishida xorij tajribasining o'rni katta. Buning uchun sporti rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlash yuqori samara beradi. Bu haqida muhtaram yurtboshimiz 4 sentyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish mavzusida o'tkazgan videoselektorda ham alohida ta'kidlab o'tgan edilar. Ushbu yo'nalish bo'yicha belgilab berilgan topshiriqlar asosida ayni paytga kelib bir qator sport turlari bo'yicha xorijlik mutaxassislar bilan kelishuvga erishildi. Jumladan, ortda qolgan vaqt mobaynida quyidagi sport turlarida xorijlik murabbiylar terma jamoamizda faoliyat boshlashdi:

Jalb etilgan murabbiy Sport turi Mamlakati Qachondan ish boshladi
Kim Yung Jing Taekvondo Koreya Respublikasi 2019 yil sentyabr
Yansha Milosh Akademik eshkak eshish Sloveniya 2019 yil oktyabr

 

Shaxab Sultani Karate Eron 2019 yil oktyabr
Viktor Zemtsev Triatlon Ukraina 2019 yil oktyabr

 

E'tibor bering! Taekvondo sportida koreyalik mutaxassis kelgandan beri quyidagi natijalarga erishildi:

Gran-pri tasnifiga kiruvchi musobaqalarda ilk bor o'zbekistonlik ayol taekvondochilar medal qo'lga kiritdi (Nigora Tursunqulova hamda Svetlana Osipova, Chiba Gran-prisi); Xitoyning Uxan shahrida o'tgan Butunjahon harbiylar o'yinlarida taekvondo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi; Katta dubulg'a tasnifidagi turnirda terma jamoamiz ilk medalini qo'lga kiritdi (Xitoy, Nigora Tursunqulova).

Bungacha sport turlari bo'yicha terma jamoalarimizda faoliyat olib borayotgan boshqa xorijlik mutaxassislar:

Jalb etilgan murabbiy Sport turi Mamlakati Qachondan ish boshladi
Ekaterina Pirojkova Badiiy gimnastika Rossiya 2019 yil yanvar
Erjas Boltaev Og'ir atletika Qozog'iston 2019 yil yanvar
Vladimer Likveishvili Kamondan otish Gruziya 2019 yil yanvar
       
Aleksandr Jitetskiy Qilichbozlik Rossiya 2019 yil
Alessandro Tradori Italiya 2019 yil
Martin Kamajiev Bolgariya 2019 yil
Vladimir Nazlimov Rossiya 2019 yil
Lyubinko Drulovich Futbol Serbiya 2018 yil
Milorad Aleksich Suv polosi Serbiya 2019 yil avgust
Tatyana Xaytser Sinxron suzish Rossiya 2019 yil avgust
Evdokiya Grechishnikova Zamonaviy beshkurash Rossiya 2019 yil avgust
Zaza Silagadze Yunon-rum kurashi Gruziya 2018 yil
Ilias Iliadis Dzyudo Gretsiya 2019 yil

2020 yil davomida esa quyidagi sport turlariga mutaxassislar jalb qilinishi rejalashtirilgan:

O'rganib chiqilayotgan trenerlar Sport turi Mamlakati
Ali Axmetov Erkin kurash Rossiya
Nikolaeva M. Badiiy gimnastika Rossiya
Gorbulina N.M. Badiiy gimnastika Rossiya
Zenovka I.B. Badiiy gimnastika Rossiya
 Ashido Koki Dzyudo Yaponiya
Evgeniy Zagarulka Engil atletika Rossiya
Maykl Boll Suzish Avstraliya
Ennio Falko O'q otish Italiya

Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida