Yangiliklar

Rustami Imomali birgalikda futbolni rivojlantirishni taklif qildi

Dushanbe shahri raisi Rustami Imomali boshchiligidagi delegatsiya poytaxtimizda mehmon bo'lib turibdi. Ushbu tashrifning ikkinchi kunida mehmonlar shahrimizdagi "Milliy" stadionga ham borishdi. Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko'chasida joylashgan mazkur o'yingoh 50dan ortiq sektorlarga ega va 34 ming tomoshabinga mo'ljallangan. Delegatsiya a'zolari stadiondagi sharoitlarni ko'zdan kechirish davomida futbolchilar va tomoshabinlar uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishishdi. Stadiondagi "Futbol tarixi" muzeyidagi eksponatlar va o'zbekistonlik referi Ravshan Ermatov bilan uchrashuvdan delegatsiya a'zolari, ayniqsa, mamnun bo'ldilar. Rustami Imomali muzeyni tomosha qilar ekan “Paxtakor” jamoasida to'p surgan tojikistonlik faxriy futbolchi Nuriddin Amrievning fotosuratlarini ham ko'zdan kechirdi. O'zaro muloqot davomida Rustami Imomali Osiyo davlatlari orasida futbolni yanada rivojlantirish, Markaziy Osiyo futbol jamoalari o'rtasida musobaqalar tashkil etish fikrini bildirdi.



Ma'lumot o'rnida qayd etish joiz, Rustami Imomali 2019 yilning aprel oyidan buyon Markaziy Osiyo Futbol assotsiatsiyasining Prezidenti hisoblanadi. Samimiy ruhda o'tgan suhbat jarayonidan Dushanbe shahri raisiga 7-raqamli futbolka va Ravshan Ermatovning dastxati tushirilgan sariq va qizil kartochkalar sovg'a qilindi.



Dushanbe shahri raisi Rustami Imomali boshchiligidagi delegatsiya a'zolari Samarqandga uchib ketdilar.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida