Yangiliklar

Albert Selades: "Guruh bosqichi ajoyib tarzda o'tdi”

Ispaniyaning "Valensiya" klubi bosh murabbiyi Albert Selades "Ayaks" klubi ustidan qozonilgan g'alaba haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'tgan mavsum mana shu murabbiy va mana shu futbolchilar bilan ajoyib natijaga erishgan kuchli jamoaga qarshi o'ynadik. Guruh bosqichi ajoyib tarzda o'tdi. Guruhda birinchi o'rinni qo'lga kiritish– ajoyib ko'rsatkich. Bunda yigitlarning katta hissasi bor.

Biz har doim bosim ostida bo'lamiz. Bizda imkoniyat bo'lishini bilardik va ulardan foydalanish kerakligini yaxshi tushunib turgandik. Raqib ikkinchi bo'limda bosimni oshirishini bilgandik, lekin garchi o'yin tashabbusi ular tomonda bo'lgan bo'lsada, golga tortadigan vaziyat yarata olishmadi.

Bu ajoyib kun. Qo'l ostimda bunday futbolchi borligidan va jamoaning bir qismi ekanligimdan faxrlanaman. Muxlislarimizni xursandchiligini ko'rganimizda biz doim xursand bo'lamiz. Bu muvaffaqiyatdan zavq olyapmiz", - dedi murabbiy.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida