Yangiliklar

Shahram G'iyosov havaskor boksga qaytadi. U Tokio olimpiadasida ishtirok etmoqchi

Professional boksning super engil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shahram G'iyosov (9-0, 7 KO) yana havaskor boksga qaytmoqda. Bu haqda GoSport.uz manbalari xabar bermoqda.

Ma'lum bo'lishicha, Shahram 2020 yili Tokioda bo'lib o'tadigan olimpiada o'yinlarida ishtirok etishni o'z oldiga maqsad qo'ygan. Shu sababdan u fevralda Xitoyda bo'lib o'tadigan olimpiada o'yinlariga saralash turnirida -69 kg vaznda ishtirok etishi rejalashtirilmoqda. Ayni vaqtda u terma jamoa bilan birga Yangioboddagi bazada mashg'ulotlar olib bormoqda.

«Rio olimpiadasi vaqtida mening sharafimga madhiyamiz yangrab, bayrog'imiz yuqori ko'tarilishini xohlaganman. Ammo bir qadam qolganda bu ish amalga oshmay qoldi. Endi buni Tokioda amalga oshirmoqchiman. Hozircha sportdagi armonim Olimpiada chempioni bo'lish, bunga ham etishmoqchiman», deya gapirib o'tgan G'iyosov intervyularining birida.

Eslatib o'tamiz, Shahram G'iyosov professional boksda 9ta jang o'tkazishga ulgurgan bo'lib, WBA International chempionlik kamari sohibi ham sanaladi. Profi-boksda 15ta va undan kam jang o'tkazgan bokschilarga havaskor boksda ham ishtirok etish uchun imkoniyat beriladi.

Oldinroq, WBC rahbari Maurisio Sulaymon professionla bokschilar havaskor ringga qaytadigan bo'lsa, ikki yilga tashkilot kamarlari uchun janglardan chetlatilishini ma'lum qilgandi. Keyinchalik bu bo'yicha rasmiy qaror qabul qilindi.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida