Yangiliklar

O'FA, PFL va «Sport» telekanali ishchi guruhi Qo'qonda bo'ldi

Xabaringiz bor, O'zbekistonda VAR (Video Assistant Referee – video yordamchi hakam) tizimini joriy etish ko'zda tutilmoqda.

Shu boisdan keng ko'lamli ishlar boshlab yuborilgan. O'FA va PFL mutaxassislari, klublar vakillari, stadionlar rahbarlari hamda Sport telekanali vakillaridan iborat ishchi guruh tuzilib, mamlakatimizdagi stadionlarning VAR tizimidan foydalanishga tayyorgarligi o'rganilayotgani haqida xabar bergan edik.

Bugun ishchi guruh Qo'qondagi "Markaziy" stadionida bo'ldi. Tashrifdan maqsad stadionda VAR tizimini ishlatish uchun mavjud shart-sharoitlarni ko'zdan kechirish hamda bu borada stadion va klub xodimlari bilan suhbat o'tkazish edi.

“Markaziy” stadionda VAR tizimini ishga tushirish uchun qilinishi lozim bo'lgan ishlar borasida maslahat va tavsiyalar  berildi. Shuningdek VAR tizimida ko'plab kameralar bilan ishlash uchun qo'shimcha qulayliklar yaratish, video yordamchi xakam uchun alohida xona ajratilishi lozimligi borasida stadion va klub vakillari bilan suhbat o'tkazildi.

Sport telekanalining vakillari stadionda kameralar o'rnatiladigan maxsus joylarni tanlash, ularni standart talablar asosida jihozlash bo'yicha takliflarini bildirishdi.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida