Yangiliklar

Gvardiola: «Man Siti» bilan shartnomani muddatidan avval bekor qilish haqida band yo'q»

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola klub bilan tuzgan shartnomada kelishuvni muddatidan avval bekor qilish haqida band mavjudligini inkor qildi.

«Yo'q, bu noto'g'ri. Bir hafta ilgari men «Manchester Siti» borasidagi niyatlarimni aytgandim.

Biz yanvar oyida transferlar haqida gaplashmaymiz. Mavsumni ixtiyorimizda bor futbolchilar bilan yakunlaymiz. Agar nimadir yuz berishi kerak bo'lsa, faqat yozgi transfer paytida ro'y beradi.

Stounz mushagidan jarohat oldi. U qancha vaqt maydonga tusha olmasligini bilmayman. Aguero umumiy guruhda shug'ullanishni boshlamadi. David Silva kecha va bugun mashg'ulotda ishtirok etmadi, ertaga esa uning ahvoliga qaraymiz. U oyog'idan og'riqli zarba qabul qildi» – dedi Gvardiola.

«Manchester Siti» Angliya chempionatining navbatdagi turida «Arsenal»ga qarshi maydonga tushadi. O'yin 15 dekabr kuni toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida