Yangiliklar

Jahonning eng qimmat futbolchilari yangi reytingi e'lon qilindi

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe "KPMG Football Benchmark" interaktiv platvormasi versiyasiga ko'ra jahonning eng qimmat futbolchisi deb topildi.

Ushbu guruh Opta tomonidan taqdim etilgan statistik ma'lumotlar asosida 12ta chempionatda o'ynayotgan 5000dan ortiq futbolchilarning bahosini hisoblab chiqdi.

Ushbu ro'yxatga Argentina, Belgiya, Braziliya, Angliya, Frantsiya, Germaniya, Italiya, Gollandiya, Portugaliya, Ispaniya va Turkiyaning oliy divizionlari hamda Angliya Chempionshipida faoliyat yuritayotgan o'yinchilari kiritilgan.

Mbappening transferi 225 million evroga baholangan bo'lsa, Neymar esa 185 million evro bilan 2-pog'onadan o'rin egallagan. Olti karra "Oltin to'p" sohibi Messi uchinchi o'rinni band etgan — 180 million evro. Eden Azar va Rahim Sterling reytingda kuchli beshlikka kirishdi.

Besh karra «Oltin to'p» sohibi Krishtianu Ronaldu top-15dan o'rin olmadi.

1. Kilian Mbappe («PSJ») – 225 millionov evro

2. Neymar («PSJ») – 185

3. Lionel Messi («Barselona») – 180

4. Eden Azar («Real») – 152

5. Rahim Sterling («Manchester Siti») – 150

6. Muhammad Saloh («Liverpul») – 150

7. Xarri Keyn («Tottenxem») – 140

8. Sado Mane («Liverpul») – 130

9. Kevin de Bryuyne («Manchester Siti») – 130

10. Antuan Grizmann («Barselona») – 125

11. Jeydon Sancho ("Borussiya") — 116

12. Pol Pogba ("Manchester Yunayted") — 115

13. Virjil van Deyk ("Liverpul") — 114

14. Frenki de Yong ("Barselona") — 106

15. Markus Reshford ("Manchester Yunayted") — 100.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida