Yangiliklar

Lempard: «Rahbariyatdan Mbappe, Ronaldu va Messini xarid qilishsa, meni «Chelsi»dan haydab yuborishadi»

«Chelsi» bosh murabbiyi Frenk Lempard klubning transfer siyosatidagi ishtiroki haqida o'z fikrini bildirdi.

«Agar men rahbariyatdan hujum uchligi — Mbappe-Ronaldu-Messini sotib olishni so'rasam, meni «Chelsi»dan uloqtirib yuborishadi. Men bunday qilmayman. Ammo menda u yoki bu nomzod haqida fikr bildirish imkoniyati mavjud. Klub xo'jayini bilan ochiq munosabatga egaman», – dedi Lempard.

Avvalroq "Chelsi"dan transfer taqiqi olib tashlangach, qishki transfer davrida yangi futbolchilarni sotib olish uchun Lempardga 177 mln evro berilishi haqida ma'lumot tarqatilgan edi.

«Chelsi» qiziqishlari doirasiga «Lion» hujumchisi Mussa Dembele, «Borussiya» yarim himoyachisi Jeydon Sancho, «Kristal Pelas» hujumchisi Vilfrid Zaxa kirgan.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida