Yangiliklar

Davron Fayziev: O'zbekiston - J.Koreya o'yini kuni

Vaziyat oddiy, matematika qilmasayam bo'ladi, yutasan va guguhda birinchi o'rinni olasan. Mabodo nimadir o'xshamasa, shunchaki yutqazmaysan. Bizgaku oddiy, bollar esa 90 minut jang qilmasa bo'lmaydi.

Koreya bilan bir mehmonxonada, bir joyda ovqatlanamiz. Hammasi novcha, baquvvat yigitlar. Ularga qarshi mobillik va tezlik, to'pni pastlatib o'ynasa bo'ladi. O'ylashimcha koreyalik murabbiy turnirdagi asosiy raqobatchisini bugunning o'zida qoqiltirishga urinib ko'radi.

Bizda katta rotatsiya qilinmasa kerak. Balki raqibning xususiyati va futbolchilarimiz fizik holatidan kelib chiqib Drulovich 1-2 pozitsiyani yangilar. Menga va o'ylaymanki ko'pchilikka qiziq, fantazista pozitsiyasida Bozorov yoki To'xtasinovdan qay biri tushishi. Shunday masalalarda murabbiylarimizning boshi doim og'risin. Tanlov bo'lsin. Raqobat bo'lsin.

Bu yigitlar nega bunday darajada? Chunki shuni orzu qilgan boshqa sonminglar orasidan yorib chiqqan. Buyog'igayam shu o'rni uchun xavotirli muhit saqlanib qolishi muhim. Har bir jamoada. Omad, yigitlar! 


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida