Yangiliklar

Bugun futbolchilarimiz chorak final yo'llanmasi uchun maydonga chiqishadi

Tailandda o'tayotgan futbol bo'yicha U-23 Osiyo chempionatida bugun bir qator guruhlarda 3-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Jumladan, “S” guruhida O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi ham chorak final yo'llanmasi uchun kurash olib boradi.

Futbolchilarimiz uchinchi turda Janubiy Koreya jamoasiga qarshi bahs olib boradi. O'yinni yaponiyalik Xiroyuki Kimura boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Toshkent vaqti bilan 15:15 da Rangsit shahrida kechadigan urchashuvda jamoamiz oq, koreyaliklar esa qizil rangli kiyimda harakat qilishadi.

U-23 Osiyo chempionati. Tailand.
“S” guruhi, 3-tur. 15 yanvar, 15:15.
Bosh hakam: Xiroyuki Kimura (Yaponiya)
O'zbekiston – Janubiy Koreya

Ayni paytda Janubiy Koreya termasi 6 ochko bilan “S” guruhida etakchilik qilmoqda va ular chorak final masalasini muddatidan oldin hal qilib bo'lishgan. Jamoamiz esa 4 ochko bilan ikkinchi o'rinda ketmoqda. Uchinchi o'rinda turgan Eron bilan oradagi farq esa 3 ochkoni tashkil qiladi.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida