Yangiliklar

Radosav Aleksich: “O'zbekiston menda iliq taassurot qoldirdi”

2019 yilgi imavsumda “Andijon” jamoasida o'ynagan serbiyalik himoyachi Radosav Aleksich o'z yurtidagi mahalliy jurnalistga intervyu berdi.

- Men ilk bora o'z uyimdan yiroq o'ynashga va til borasida umuman begona davlatda o'ynadim. Men jamoada serb millatiga mansub yagona futbolchi edim va til borasida biroz muammolarga duch keldim.Shunga qaramasdan, O'zbekistonda iliq  taasurootlarga ega bo'ldim.Avvaliga menga ishonch bildirishmadi va ko'plab uchrashuvlarda maydonga tushmadim. Lekin keyinchalik murabbiy almashganidan so'ng, yangi kelgan murabbiy menga ishonch bildira boshladi va hammasi o'z joyiga tushdi va asosiy tarkibda muntazam ishtirok etib keldim. Jamoaning asosiy maqsadi Superligada jon saqlab qolish edi va biz yakunda buni uddalay oldik, shu sababli, bu mavsumni men odamli o'tdi desa bo'ladi, - dedi “Oslobodjene” nashriga bergan intervyusida.

- O'zbek futboli va saviyasi haqida aytadigan bo'lsam, u erdagi sharoitlar a'lo darajada. Stadionlari, maydonlari ajoyib. Superliganing saviyasi bizning Premer-liganikidek. Mamlakatda «Paxtakor» va «Lokomotiv» kabi grand jamoalar bor, qolgan jamoalarning saviyalari deyarli bir xil. Stadionga tashrif buyuradigan muxlislar soni ham ko'p, ayrim stadionlardagi muhit shunchaki super. Men o'ynagan jamoaning har bir uy uchrashuvida kamida 7000-8000 nafar muxlis tashrif buyurardi.

- “Andijon” jamoasi bilan tuzilgan shartnomam o'z yakuniga etdi va erkin agentga aylandim. Men “Andijon” jamoasida o'ynab yurgan paytlarimda mahalliy klublarning bir nechtasidan takliflar bo'lgandi, lekin ular bilan mavsumdan keyin gaplashishimizni, “Andijon” jamoasi bilan shartnomam borligi haqida aytgan edim. Men xorijda yana bir yoki ikki yil o'ynamoqchi edim. Agar yaxshi takliflar bo'ladigan bo'lsa, u holda O'zbekistonga qaytishim mumkin.

Eslatib o'tamiz, Radosav Aleksich “Andijon” jamoasiga qadar “Slaviya”, “Zrinsk”, “Travnika”, “Krupy”va“Radnik”(Bosniyava Gertsegovina) klublarida to'p surgan.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida