Yangiliklar

Bobur Akmalovdan anons: Vatan jamoasi o'ynagan kuni bayram!

U xoh milliy jamoa bo'lsin, xoh yoshlar, xoh o'smirlar va yo biror klubimizning xalqaro o'yini — hammasida shukuh, kayfiyat boshqacha. Bunday o'yinlarni stadiondan tomosha qilish ikki karra zo'r! Ammo barchasidan ham zo'ri — o'yinni sharhlash!

Bugun O'zbekiston U-23 jamoasining Janubiy Koreyaga qarshi o'yinini sharhlash mening chekimga tushgan. Bu nafaqat xursandchilik, balki mas'uliyat hamdir. O'yinning borishi va yakunda qanday natija qayd etilishiga qarab ham ishingizga baho beradigan — mag'lub bo'lsak, aybdor izlab, sharhlovchiga tashlanadiganlar etarli. Lekin bu tomonini o'ylamayman. Bugun mag'lub bo'lmasak kifoya. Durang ham bizni keyingi bosqichga olib chiqadi. Yaxshisidan umid qilib, mas'uliyatli, hal qiluvchi o'yinni sharhlashga tayyorgarlik ko'raman.

Bu o'yin bizni Olimpiada yo'llanmasiga yanada yaqinlashtiradi. Aytish mumkinki, eng mas'uliyatli o'yin(lardan biri)!

O'zbekistonga omad tilang! Men esa o'z vazifamni a'lo darajada bajarishga maksimum harakat qilaman. Muxlislar uchun mening sharhim hatto ahamiyatsiz bo'lib qolsin! Mening ovozimni-da eshitmay qolishsin muxlislar. Shunday o'yin bo'lsin-ki, mutlaqo oxirgi planda qolib ketay, e'tibordan chetda qolay. Buning uchun esa bizga maqbul natija zarur.

Demak, soat 15:00, SportTV. Live
O'zbekiston – Janubiy Koreya

Olg'a, O'zbekiston!


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida