Yangiliklar

Messi Ronaldu bilan raqobat haqida yana fikr bildirdi

"Barselona" hujumchisi Lionel Messi yana bir marta Krishtianu Ronaldu bilan raqobat borasida o'z fikrini bildirdi.

"Ronaldu bilan qarama-qarshilik ajoyib bo'ldi. Bu raqobat uzoq yillar davom etgani uchun odamlar xotirasida umrbod qoladi. Shuncha yil yuqori saviyada o'ynash oson emas. Boz ustiga, biz o'ta talabchan klublar — "Real" va "Barselona" safida o'ynadik.

Krishtianu bilan raqobatlashish men uchun juda yoqimli bo'ldi. O'ylaymanki, bu holat muxlislarga ham yoqdi. Ular "Real" yoki "Barselona"ga muxlislik qilishdimi yoxud betaraf bo'lishganmi, bu muhim emas.

Shubhasiz, Ronaldu "Real"da o'ynaganida "klasiko" ham o'zgacha bo'lardi. Shundoq ham "Real" bilan o'yinlar muhim ahamiyatga ega, uning tarkibida Ronaldu bo'lsa, yana qiziqarli bo'ladi. Lekin bu davr ortda qoldi. Endi oldinga qarab intilishimiz kerak", - dedi Messi Goal.com nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, 32 yoshli Messi futbol tarixida oltita "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan yagona o'yinchi hisoblanadi. 34 yoshli Ronaldu esa hisobida esa 5ta "Oltin to'p" bor.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida