Yangiliklar

Lyubinko Drulovich: “Asosiysi guruhdan chiqish vazifasini uddaladik”

O'zbekiston va Janubiy Koreya Olimpiya terma jamoalarining bahsidan so'ng dastlab jamoamiz bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich matbuot-anjumanida ishtirok etdi.

“Bugungi uchrashuv biz uchun muhim edi. Zero, bizning oldimizda guruh bosqichdan chiqish vazifasi turgan edi. Janubiy Koreya termasiga qarshi bahs doim qiyin bo'lgan. Birinchi bo'limni yomon o'tkazmadik. Natija haqida nima deyishim mumkin? Asosiysi guruhdan chiqish vazifasini uddaladik. Keyingi o'yinda yaxshiroq o'ynashga harakat qilamiz”, – dedi Lyubinko Drulovich.

– O'yinchilarimiz nega jismoniy tomondan qiynalishdi?
– Olti kun ichida 3 ta uchrashuv o'tkazish qiyin. Bunda har qanday futbolchida charchoq seziladi. O'ylaymanki, yigitlar jismoniy tomondan u qadar yomon bo'lishmadi aslida. Qolaversa, koreyaliklarning tezkor goli bizning zimmamizdagi vazifani yanada qiyinlashtirdi.

– Kuchli jamoalarga qarshi juda ham qiynalib kelamiz. Bundan keyin nimalarni o'zgartirmoqchisiz: taktikanimi yoki o'yinchilarni?
– Bilasizmi, koreyaliklar avvalgi o'yin bilan solishtirganda 7 ta o'yinchisini almashtirgan. Bu futbolchilarimizning yakkakurashlardagi vaziyatlarda yanada qiynadi. Asosiysi biz oldimizga qo'yilgan dastlabki vazifani uddalay oldik. Qolgani esa oldinda turgan o'yinlarda hal bo'ladi.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida