Yangiliklar

Shahram G'iyosov va Bobousmon Baturov o'rtasidagi sparing bo'lib o'tdi. Oolimpiadaga kim borishi aniq

Bugun, boks bo'yicha Tokio Olimpiadasiga litsenziya beruvchi musobaqalarga yo'l oladigan tarkibni aniqlash uchun sparring janglar o'tkazildi. Xabaringiz bor, bir nechta vazn toifalarida ushbu masala ochiq turgan edi. Shuning uchun ham bugun mazkur janglar tashkil qilindi. Muxlislar o'rtasida uzoq tortushuvlarga sabab bo'lgan vazn 69 kg da Shahram G'iyosov hamda Bobousmon Boturovlar orasida qay biri tanlanishi ushbu sparringa bog'liq edi. Afsuski, yopiq tarzda o'tkazilgan ushbu janglarni bevosita ko'ra olmaganligimiz sababli ma'lumot olish uchun Shahram G'iyosov bilan bog'landik.

- Jang bo'lib o'tdi. Har uch raundda ham g'albaga erishdim. Buni Marat aka ham aytdi. Lekin raxbar chaqirib, yoshlarga yo'l berishimiz kerakligini, professional boksga ancha moslashib ketganligimni aytdi. “Yaxshisi ushbu yo'nalishda o'zingni ko'rsatib, bayrog'imizni yuksaklarga ko'targin, kelganing uchun raxmat, yoshlarga imkon beraylik, xafa bo'lmaysan”,- dedi.

Albatta, Saken akaga katta raxmat ishonch bildirganlari uchun. Qolaversa, O'zbekiston sharafini doimo himoya qilishga tayyorman. Nasib qilsa, professional boksda ulkan zafarlar quchib, barchani xursand qilaman degan umiddaman.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida