Yangiliklar

Xayrulla Hamidov: «Hammasi stsenariy ostida ketyapti»

Taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidov O'zbekiston OTJning Janubiy Koreyaga qarshi o'yinidan so'ng jamoaning Osiyo chepionatidagi ishtiroki haqida fikr bildirdi.

– Hammasi stsenariy ostida ketyapti: Furor ko'tarib chiqish yaxshimasdi pley-offga, ustida ishlamay qo'yardi olimpiya jamoamiz. Endi jimgina, hech qanday pafossiz taraddud ko'radi Drulovich.

Mana shunaqa tanqidiy ruhga sabab o'yin guruhning oxirgi o'yini bo'lgani yanada yaxshi. Pley-offda yomon o'ynagandan ko'ra.

Keyin e'tibor beryapsizmi, Eron bilan yaxshi chiqmagan o'yinimiz yigitlarga mas'uliyat yuklagandi - Xitoyni ezib tashlashdi. Yaxshi o'yindan so'ng birdan "erkalanish" boshlandi. Yana o'sha Erondan keyingi o'yin singari xulosa chiqarishadi, deb umid qilamiz.

Faqat, yigitlar, pley-offdagi hamma o'yinda yaxshi o'ynash kerak. U erda birinchi va uchinchi o'yinimiz yo'q. Barchasi final maqomida.

Omad!!!


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida