Yangiliklar

AFC U23. Saudiya Arabistoni va Suriya chorak finalga chiqdi

23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatida "V" guruhida ham 3-tur o'yinlari yakunlandi.

Dastlabki ikkita o'yindan keyin 4 ochko to'plab turgan Saudiya Arabistoni va Suriya terma jamoalari to'qnash kelishdi. O'yin tugashiga 10 daqiqa qolganida Firas al-Buraykan tomonidan urilgan gol saudiyaliklarga g'alaba keltirdi.

Qatar esa bu imkoniyatdan foydalana olmadi. Qatarliklar Yaponiyaga qarshi o'yinda ikkinchi bo'limda bir kishi ko'p bo'lib o'ynaganiga qaramay, g'alabani qo'lga kirita olmadi. Aksincha, yaponlar bir kishi kam bo'lib o'ynayotganiga qaramay birinchi bo'lib hisobni ochdi. Qatar esa penaltidan hisobni tenglashtirdi.

Natijada Saudiya 7 ochko bilan guruh g'olibiga aylangan bo'lsa, Suriya 4 ochko bilan guruhda ikkinchi bo'ldi. Qatar uchta durang bilan 3-o'rinni band etdi. Yaponiya guruhda so'nggi o'rinda qolib ketdi.

AFC U23, 3-tur
SAUDIYa ARABISTONI - SURIYa - 1:0
Gol: Firas al-Buraykan (80)
Chetlatish: Alouddin Daliy (88, Suriya)

QATAR - YaPONIYa - 1:1
Gollar: Abdulloh al-Ahrak (79-penalti) — Koki Agava (73)
Chetlatish: Ao Tanaka (45+4)

Demak, chorak finalning quyidagi juftliklari aniq bo'ldi:

18 yanvar, shanba
15:15. Saudiya Arabistoni - Tailand
20:15. Avstraliya - Suriya
19 yanvar, yakshanba
15:15. Janubiy Koreya - "D" guruhi g'olibi
20:15. "D" guruhida 2-o'rin - O'zbekiston


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida