Yangiliklar

Qodirqulov: «Bizda uchta o'yindan beri deyarli bitta tarkib harakat qilmoqda»

Janubiy Koreya bilan o'yindan so'ng, olimpiya terma jamoamiz etakchisi Sanjar Qodirqulov o'z fikr va mulohazalari bilan o'rtoqlashdi.

– Sanjar nega sizni o'z pozitsiyangizda to'p surmayapsiz?

– Olimpiya jamoamizga kelib qo'shilganimdan so'ng, meni qanotga qo'yishmoqda. Buning sababini murabbiydan so'rab o'tirishga xojat yo'q. Menga qanotda to'p surish vazifasi topshirildimi, tamom harakat qilish kerak.

– Sizni markazdagi o'yinlaringiz orqali taniganimiz. O'zingiz uchun yangi pozitsiya nuqulayliklar tug'dirmayaptimi?

– Avvalari qanot himoyachisi vazifasini bajarar edim, bu yildan boshlab murabbiylar meni markazga ko'chirishdi. Shuning uchun ham biroz noqulayliklar paydo bo'lmoqda, biroq barcha muammolarni yuzaga chiqaramaslikka harakat qilyapman.

– Janubiy Koreya bilan Seulda boshqacharoq o'yin namoyish etgan edinglar. Bugun nega jamoamizning o'yini chiqmadi?

– Albatta, biz Seulda birorta o'yinda maydonga tushmasdan turib kuchga to'lgan xolda to'p surgan edik. Bugun ularning ettita futbolchisi dam olgan xolda maydonga tushdi. Bizda esa, uchta o'yindan beri deyarli asosiy tarkib harakat qilmoqda. Bunday issiq ob-havoda terlab katta kuch yo'qotganimiz bois tiklanib olish jarayoniga vaqt etmayapti. Buni inobatga olishimiz kerak.

– Nima deb o'ylaysiz, guruhdan chiqishimiz uchun ko'p kuch sarf etib yubormadikmi?

– O'zi bu guruhdan chiqishimiz katta so'roq ostida turgandi. Birinchi navbatda, guruhdan chiqish vazifasi qo'yilgan edi. Buni uddaladik. Endi niyatimiz sari dadil qadam tashlaymiz.

– Negadir yigitlar katta bosim ostida harakat qilishdi. Bu jamoaviy o'yinga to'sqinlik qilgandek tuyuldi?!

– Birinchi navbatda Janubiy Koreyaga qarshi harakat qilyapmiz. Ikkinchidan xalqimiz o'yinni tomosha qildi. Boz ustiga, guruhda chiqish masalasi to'liq hal etilmagan ham edi. Raqiblarimiz esa, vazifani bajarib bo'lgani uchun ortiqcha bosimsiz mazza qilib to'p surdi. Bugungi o'yinimizning chiqmaganiga shu sabab deb o'ylayman.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida