Yangiliklar

Nurillo To'xtasinov: «Koreyadan finalda revansh olamiz»

Tailandda o'tayotgan U-23 Osiyo chempionatining “S” guruhidan o'rin olgan bahslari yakunlandi. So'nggi turda O'zbekiston OTJ janubiy koreyalik raqiblariga qarshi maydonga chiqdi. Murosasiz kechgan bahs koreyaliklarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. O'yindan so'ng terma jamoamiz yarim himoyachisi Nurillo To'xtasinov bilan suhbatlashishga erishdik.

“Qiyin o'yin o'tkazdik. 6 kun ichida 3ta o'yin. Har qanday jamoa jismonan charchaydi. Ko'rinib turibdi-ki Janubiy Koreya terma jamoasi juda kuchli.

Koreya termasi kuchli murabbiy va mahoratli futbolchilarga ega. Shu sababli butun o'yin davomida bizdan ko'ra yaxshiroq harakat qilishdi. Menimcha, bu musobaqadagi eng kuchli jamoa. Nasib qilsa, finalda ulardan revansh olamiz.

Keyingi bosqichda qaysi jamoa tushishining farqi yo'q. Oldimizga chempionlikni maqsad qilib qo'ydikmi, demak raqib tanlashga haqqiqmiz yo'q.  Bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga katta rahmat aytamiz”, -deydi futbolchi saytimizga bergan intervyusida.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida