Yangiliklar

Italiya kubogi. So'nggi daqiqada Ronaldu penaltidan urgan gol «Yuventus»ga durang keltirdi (videosharh)

Italiya kubogining yarim final bosqichi «Milan» va «Yuventus» jamoalari o'rtasidagi dastlabki o'yin "San-Siro"da bo'lib o'tdi.

Mezbonlar uchrashuvni ancha faol boshlab, bir nechta xavfli vaziyatlar yaratishdi. Yo'llangan zarbalarni esa Buffon qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Bahsning 64-daqiqasida esa Rebich tomonidan yaqin masofadan berilgan zarba qarshisida "Yuve" posboni ham ojiz qoldi.

Oradan 7 daqiqa o'tib esa Teo Ernandes jamoasini qiyin ahvolda qoldirdi. U maydonda markazida Modrichga nisbatan qo'pollik ishlatgani bois ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etdi.

Bahsning 87-daqiqasida Ronaldu raqib jarima maydoni ichida chalqancha uslubda zarba berdi. To'p esa teskari holatda turgan himoyachi Kalabriyaning qo'liga tegdi.

Hakam videotakrorni tomosha qilgach penalti belgiladi. Krishtianu undan samarali foydalanib, hisobni tenglashtirdi.

Javob o'yini 5 mart kuni Turinda bo'lib o'tadi.

Italiya kubogi, yarim final
Milan – Yuventus 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 61 Rebich, 1:1 – 90, penalti Ronaldu.
Milan – Donnarumma, Kalabriya, Romanoli, Teo, Ker, Kastilexo (Salemakers, 80), Kessie, Bennaser, Chalxanoglu (Lukas Paketa, 87), Ibrahimovich, Rebich (Laksalt, 74).
Yuventus – Buffon, Bonuchchi, Aleks Sandro, De Shilo (Iguain, 69), de Ligt, Pyanich, Matyuidi (Rabo, 73), Remzi (Bentankur, 63), Kuadrado, Ronaldu, Dibala.
Ogohlantirishlar: Ibrahimovich (29), Remzi (30), Teo (42), Kessie (58), Kastilexo (69), Kalabriya (90).
Chetlatish: Teo (71).


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida